Behzod Musayev o‘zlarini majruh qilayotgan «sportchi»lar haqida ogohlantirdi
So‘nggi paytlarda yurtimiz shifoxonalariga infarkt, insult, tomirlarda tromblar hosil bo‘lishi kabi xavfli xastaliklar bilan murojaat qilayotgan yoki og‘ir ahvolda olib kelinayotgan fuqarolar orasida yosh, jismonan baquvvat, tog‘ni ursa talqon qiladigan qaddi-qomatga ega bemorlar ham uchramoqda.