Prezident Toshkentga qaytib keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etib, 10-iyun kuni Toshkentga qaytib keldi.
ShHT sammiti boshlandi. Unda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi
«Ko‘rkam Sindao shahrida o‘tayotgan ushbu sammit «Shanxay sakkizligi» rahbarlarining ilk uchrashuvi sifatida tarixda qoladi. Bu chuqur ma’noga ega, chunki aynan «8» raqami xitoy xalqida omad va taraqqiyotni anglatadi. Tashkilotimiz qisqa davrda bir yarim milliard odamga ko‘paydi, uning iqtisodiy va intellektual salohiyati salmoqli darajada kengaydi», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
«O‘zbekistonga tashrifim doirasida erishilgan kelishuvlar tez sur’atlarda amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Afg‘oniston masalasi bo‘yicha yirik anjuman o‘tkazganingiz uchun xalqimiz va hukumatimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman. Bu masalaga shaxsan e’tiboringiz siyosiy yechiimlarga yo‘l ochdi», dedi Afg‘oniston Prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev Sindaoga yetib bordi (foto)
Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyevning Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.