Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist qishloq kezdi: «Ichimdan nimadir chirt uzilganday bo‘ldi...»

14/02/2019

Tanasi boshqa dard bilmas, degan gap bor. To‘g‘ri-da, qishning qahratonida bir tutam o‘tin yoki ikki chelak ko‘mir topolmay sovuqda qiynalib yashayotgan odamlarning ahvolini «zangori olov»ni gurillatib yoqib, bola-chaqasi bilan issiqqina uyda o‘tirgan qaydan bilsin?!