sargardon fermer: Qo‘lida qaror bor, shartnoma ham, lekin yer yo‘q?!
Kuni kecha tahririyatimizga Navoiyning Xatirchisidan bir odam tashrif buyurdi: Abdurahmon Murtazoyev. Uning horg‘in chehrasi, umid alomatlari tark etayozgan nigohi-yu egik qaddiga qarab, adolat qidira-qidira topgani qo‘lidagi bir dasta qog‘oz ekanini ilg‘ash qiyin emasdi.