
Barhayot sadoqat. Besh o‘g‘lidan ayrilgan ayol
Zangiota tumanining Xonobod mahallasida Zulfiya Zokirova degan ayol yashab o‘tgan. Shu ayolning besh o‘g‘li frontdan qaytmagan ekan: Xolmatov Isoqjon, Xolmatov Ahmadjon, Xolmatov Mamajon, Xolmatov Vahobjon, Xolmatov Yusufjon. Zulfiya aya urush boshlanganda oiladagi barcha erkaklarni frontga jo‘natib, qayinsinglisi hamda to‘rt kelini bilan qolgan.