
O‘zbekistonda raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish uchun xorijdan 45 mln yevro kredit olinadi
«O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish» loyihasini amalga oshirish uchun «KfW» (Germaniya) bankining 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 12 yil muddatga jami 45 mln yevro miqdorida imtiyozli kredit va 5,5 mln yevro grant mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilmoqda.