O‘zbekiston — Qozog‘istondagi xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda
Qozog‘istonda ro‘yxatga olingan chet el bilan hamkorlikdagi va xorij kompaniyalari soni jadal oshib boryapti.
«Jurabek Laboratories» katta miqdorda vaksina ishlab chiqardi
«Jurabek Laboratories» MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 458 820 dozasi O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Andijonda qo‘shma korxona ombor mudiri o‘zini osdi
Kuni kecha Andijondagi «Uz Dong Yang Ko» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona ombor mudiri o‘z joniga qasd qilganiga oid xabarlar tarqagandi. Ayni xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.
Buxoroda bemorlarni infarktdan qutqaradigan tibbiy mahsulotlar ishlab chiqariladi
Yiliga 10-15 million AQSh dollari miqdorida tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Yana Farg‘ona. Investorning soqoli muhimmi yoki huquqi?
Gap qaysi muzofot, nima va hatto kim haqida ketayotganini ilg‘adingiz, chamasi... O‘chayotgan cho‘g‘ni titish shartmi?! Albatta, yo‘q. Biroq «investor» so‘zi «Farg‘ona»ni mingashtirib kelar ekan, viloyat hokimining ma’lum va mashhur «nutqi» yodga tushaverar ekan-da. Garchi «to‘kilib-to‘kilib» aytganlari uchun o‘tinib-o‘tinib uzr so‘ragan bo‘lsa ham!
AQSh kompaniyasi ishtirokida AKT sohasida yangi qo‘shma korxona tashkil etildi
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari ishlanmalari bilan shug‘ullanuvchilarning rivojlanishi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangi «INFORMATION TECHNOLOGY CENTER» MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
O‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi tuziladi
Bugun, 24-may kuni Toshkent shahrida «Bolalarning barvaqt rivojlanishida innovatsion yondoshuvlar» deb nomlangan birinchi o‘zbek-xitoy forumi boshlandi.
O‘zbekistonda disk ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tuziladi
Bugun, 16-may kuni «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJ hamda «Shijiazhuang Zhongxing Machinery Manufacture Co Ltd.» Xitoyning yetakchi disk ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Xorazmda quyosh panellari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tashkil etiladi
Xorazm viloyatida quyosh panellarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori loyihasi tayyorlandi.
Prezident yiliga 15,6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishdi
«Shahand» qishloq fuqarolar yig‘inidagi korxona binosi bir paytlar qarovsiz holda edi. Davlatimiz rahbarining har bir hududdagi mavjud imkoniyatlarni ishga solib, aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan siyosati natijasida ushbu inshoot mahalliy tadbirkorga berilgandi. Tez orada bino ta’mirlanib, Germaniyadan zamonaviy ip yigiruv mashinalari keltirib o‘rnatildi.