Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada dori vositalarini qo‘lbola usulda ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi

06/02, 10:27

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro «Shikorbegi» MFYdagi xonadonlarning biridan sifat sertifikati va yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 2 005 dona ampulada «Midokalm» va 750 dona ampulada «L-Lizin Essinat» nomli dori vositalarini hamda qadoqlash uchun kerak bo‘ladigan qog‘oz quti va yo‘riqnomalarni saqlab kelgani aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 «Farmkontrol» dorixonalarni qalbaki dorilardan ogohlantirmoqda

08/02/2024

SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni qalbaki dorilar savdosi yuzasidan ogohlikka chaqirmoqda.

Namanganlik feldsher uy sharoitida dori tayyorlab uchta viloyatga tarqatib kelgan (video)

06/02/2024

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Zodak», «Anaferon», «Xilak Forte» va «Vitamin V6» nomli qalbaki dori vositalarini tayyorlash hamda sotish bilan shug‘ullangan tibbiyot xodimining faoliyatiga chek qo‘yildi.