Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

La’nati propaganda! O‘z uyimizda o‘z tilimizni himoya qila olmaymizmi?

27/04/2020

Kecha Adliya vazirligi tomonidan bir qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Undagi qoida juda oddiy va tushunarli edi. Ya’ni agarda birorta davlat tashkiloti ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmasa, o‘sha tashkilotning mansabdor shaxsiga ma’muriy jarima solinadi (446 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha).