Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhofaza. Ikkinchi jahon urushidan omon chiqqan kiyik tarixi (video)

02/04, 17:00

Surxon davlat qo‘riqxonasi avvalo ajoyib tabiati bilan maftun etadi. Bu yerda Shveysariyadan qolishmaydigan manzara bor. Yana 40 ming yillik neandertallar manzilgohi ham aynan shu yerda joylashgan. Uning osmonida boltayutar, qirg‘iy va burgutlar uchib yuradi, tog‘larida esa bo‘ri, tulki, silovsin kabi yirtqichlari bor. Surxonning eng faxrlanarli jihati esa bu shubhasiz – morxo‘rlardir.