«Mirzo Ulugbek Innovation Center» tugatildi. Rezidentlar «IT-park» tarkibiga qo‘shildi
O‘zbekistonda «Mirzo Ulugbek Innovation Center» axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash markazi tugatildi.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center»ga yangi rahbar tayinlandi
«RoboKidz» robototexnika maktabi asoschisi Timur Azamatov «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi direktori etib tayinlandi.
Logo o‘zgardi: Avval inglizcha edi, endi ruscha bo‘ldi
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi o‘z rasmiy saytidagi logotipni yangiladi.
O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida texnopark barpo etilishi mumkin
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» va Koreya texnoparklari uyushmasi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladilar.
Koreyada eng yaxshi biznes-g‘oyalar tanlovi: O‘zbekistondan ham nomzodlar qatnashadi
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» hamkorlik bo‘yicha 11-forumi doirasida e’lon qilingan eng yaxshi biznes-g‘oyalar tanlovida ishtirok etish uchun rezidentlar orasidan nomzodlarni tanlash bilan shug‘ullanadi.
«Meningfikrim.uz» portalida 70 dan ziyod petitsiya e’lon qilindi
2018-yilning aprelida jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Meningfikrim.uz» portali ishga tushirilgan edi.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center»: 1 yil ichida nimalar o‘zgardi?
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni imzolagan edi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘zbekistonlik tadbirkorlarga grant ajratishi mumkinmi?
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) hamkorligida innovatsiya markazi rezidentlari uchun «AKT sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va O‘zbekiston AT-kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar» mavzusida amaliy seminar o‘tkaziladi.
Farhod Ibragimov: «Biz kriptovalyutalar bilan shug‘ullanmaymiz»
Blokcheyn davlat xizmatlari shaffofligini oshirish, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va davlat xizmatlari ko‘rsatishda korrupsiya holatlarini bartaraf etish imkonini beradi.
Amerikalik biznesmen O‘zbekistonning Kremniy vodiysidagi elchisi bo‘ldi
U xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilishga va respublikamizni PayPal, App Store, Play Market, Google Pay kabi to‘lov tizimlari va xalqaro savdo maydonlari ro‘yxatiga kiritishga amaliy yordam beradi.
MUICning yangi rezidenti xorijga yarim million dollarlik AT-xizmatlarni eksport qiladi
Mazkur kompaniya 2018-yilning o‘zida yarim milliard dollardan ziyod bo‘lgan AT-xizmatlari va mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirgan.
Yana 58 ta kompaniya MUIC rezidentlari safiga qo‘shildi
Yana 58 ta AT-kompaniya «Mirzo Ulugbek Innovation Center»ning rezidentlari qatoriga kirdi. Ularning huquqiy maqomini tasdiqlovchi guvohnomalar tashkilot rahbari tomonidan taqdim etildi.
Innovatsiya markazi rezidentlari shug‘ullanadigan qo‘shimcha faoliyat turlari kengaytiriladi
Vazirlar Mahkamasining «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
«UZINFOCOM» yagona integratori «Mirzo Ulugbek Innovation Center» rezidenti bo‘ldi
2018-yilning 6-mart kuni «UZINFOCOM» yagona integratori «Mirzo Ulugbek Innovation Center» (MUIC) innovatsiya markazining rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
Amerikalik ishbilarmon O‘zbekistonga keladi
«Openbucks» kompaniyasi (AQSh) asoschisi va bosh ijrochi direktori Mark Rochman «Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi» rezidentlarining IT-xizmatlari eksporti jarayonlarini soddalashtirish, xorijiy investitsiya kompaniyalari va fondlarini hamkorlikka jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.
Yagona integrator davlat buyurtmalarini bajarishda rezidentlarga tayanadi
Yagona integrator vakillari uchrashuv ishtirokchilariga bugungi kunda eng ko‘p talab etilayotgan davlat buyurtmalari va g‘oyalarni tushunishlari uchun maxsus taqdimotni namoyish etishdi.
Dunyoga mashhur IT-mutaxassis: «Inson resursi — O‘zbekistonning asosiy raqobatbardosh manbai»
Inson resursi — O‘zbekistonning asosiy raqobatbardosh manbai hisoblanadi. Respublika aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatning 31 ta o‘quv muassasasida 16 mingdan ziyod talabalar tahsil oladi. Lekin, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozorni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishda faqatgina universitetlarga tayanish noto‘g‘ri...
Mehnat bozorida qaysi mutaxassisliklarga talab yuqori?
Yosh mutaxassislar loyihalarga o‘zgacha yondashuvlari va ko‘pgina masalalar bo‘yicha mustaqil fikrlari bilan e’tiborimizni torta olishdi.
KOICA O‘zbekiston startaplarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi
Janubiy Koreya so‘nggi yillar ichida «50 ta eng innovatsion davlat» reytingini boshqarib kelmoqda.
O‘zbekistonning chet ellardagi elchixonalari MUIC rezidentlariga jahon bozoriga chiqishda ko‘maklashadi
Chet ellarda yashayotgan va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish «Mirzo Ulugbek Innovation Center» va elchixonalar hamkorligida alohida o‘rin tutadi.