O‘zbek tili milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball olganlarga xarajatlari qoplab beriladi
O‘zbek tilining mamlakatda va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball olganlarga imtihon xarajatlarini qoplab berish rejalashtirilmoqda.
O‘zbek tilidan milliy sertifikati borlarga 50 foiz ustama to‘lanadi
Prezident videoselektor yig‘ilishida “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.