Rassom Gulnora Rahmon: «Meni o‘zgartirgan kitob»...
«Alifbe» va «O‘qish kitobi»dan keyin birinchi o‘qigan kitobim «Quyoshboy va Shamoloy» degan she’riy to‘plam edi. Har holda kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun chiqarilgan kitob. Balki juda ham birinchi emasdir. Ammo muqovasidagi surat ham mazmuni ham esimda qolgan kitob shu.