Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lola Hotamova: «27 yildan keyin zangori ekranga qaytdim»

15/04/2018

«Hatto tushlarimda ham mikrofon ushlab, kamera qarshisida turganimni ko‘rardim, rosa xumori tutardi. Mana, 27 yildan keyin yana zangori ekran orqali muxlislar bilan uchrashish nasib etdi. Lekin, ochig‘i, rosa hayajon bosdi, hatto ovozim ham o‘zgardi, bu o‘zimga ham sezildi (ko‘ziga yosh oladi). Albatta, xursandligimning chek-chegarasi yo‘q. Ayniqsa, meni unutishmagani, hali ham muxlislarim borligidan quvondim».