Proteksionizm va savdo urushi. O‘zbekistonga shu kerakmi?
Oxirgi paytlarda iqtisodchilar va tadbirkorlar o‘rtasida davlatimizning iqtisodiy siyosatida import cheklovlarini qo‘llash bo‘yicha tortishuvlar avj olmoqda. Bu bahslar ijtimoiy tarmoqlarga ham ko‘chib, turlicha populistik fikrlar ilgari surilmoqda.
«Hammasining niyati soqqa». «Raqobatsiz yengishga o‘rgangan mahalliy lobbistlarga uyat, uyat!» Ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusi
Biz — o‘zbek ayollarining shundoq ham omadi chopmagan. Ular doim nimanidir qurbon qilib yashashadi. Eng yomon kiyinganlar ham, eng yomon poyabzalda yuradiganlar ham ular. Chekka qishloqlar haqida esa gapirib ham o‘tirmayman. Bu «kambag‘alchilik» aholiga tiqishtirilgan bojlar sabab kelib chiqqan. Markaziy Osiyoning istalgan mamlakatida poyabzal va kiyim-kechak bizdan arzon turadi!