
«Labi Hovuz»da sahna yo‘q. Axloqsizlik-chi?
O‘zgalar oldida o‘zligini namoyon etgan millatgina hurmatga loyiq ko‘riladi. O‘zgalar hurmatini qozonishni xohlagan millat esa milliy qadriyatlariga zid xatti-harakatlari bilan «o‘zligini namoyon» etmaydi.

Labi Hovuzda diskoteka? Bunisi oshib tushibdi!
Labi Hovuz o‘ziga xos tarixiy me’moriy yodgorligimiz hisoblanadi. U yerda hozirgi kunda zamonaviy «diskoteka» tashkil qilingan. Baland ovozli musiqa, spirtli ichimliklar, mast-alast kishilarning o‘zini bilmas hollari... Bu bizga kerakmi?