«Kecha va kunduz» romani AQShda ingliz tilida nashrdan chiqdi
Amerikalik yosh tarjimon Kristofer Fort o‘zbek adibi Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romani AQShda ingliz tilida nashrdan chiqqanini ma’lum qildi.
Kristofer Fort: «Cho‘lponni hozir ham tushunishmaydi»
Amerikalik adabiyot muxlisi, mustaqil tadqiqotchi Kristofer Fort hozirgi zamonaviy o‘zbek adabiyoti emas, aynan o‘tgan asr adabiyotiga murojaat qilishni tanladi va Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini ingliz tiliga tarjima qildi. Ushbu asar yaqin kunlarda Amerikada kitob holida chop etiladi.