
DXX hibsxonasida qiynoq qo‘llanilgani aytilmoqda. Prokuratura holat yuzasidan bayonot berdi
«Kondensat ishi»da ayblanayotgan Alisher Gulistonov va Dilshod Umarov DXX tergov hibsxonasidagi tergov jarayonida qiynoqqa solingani, soatlab qo‘lidan osib qo‘yilib, ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazilganini, agar «tergovchilarning aytganini qilmasa, otasi va akasini qamatib yuborish bilan qo‘rqitgani»ni aytgan.