«Jeneva universitetini ham «ro‘yxat»ga qo‘shib qo‘ying» — jaloliddin xushvaqov
Muxtor aka degan kimyogar-texnolog bo‘lardi. Laboratoriyada soch bo‘yoqlari va gellar tayyorlardi. Rus, ingliz, turk tillarini bilardi. Xorijga xizmat safari bilan ko‘p ketardi. O‘sha paytlar kimyogar-texnolog bo‘lsam, til o‘rgansam, men ham Muxtor akaga o‘xshab dunyo kezaman degan havas uyg‘ongan.