«Chiq, cheta chiq, arvachi...» – rulda endi qo‘shiqchi
O‘zining antiqa qiliqlari va «qaynoq ijodi» bilan doim barchaning e’tiborini tortuvchi xonanda Jahongir Otajonov endi yangi yo‘nalishga qo‘l urgan ko‘rinadi.
Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima?
So‘nggi paytlarda o‘zining «qaynoq ijod»larini tortiq qilib charchamayotgan xonandaning kechagi klipi hammasidan oshib tushdi.
Jahongir Otajonovning O‘zbekistonni tark etishiga taqiq qo‘yildi
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning Urganch shahar aeroportidan Istanbulga ucha olmagani bunga Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘yilgan taqiq sabab bo‘lgani aytilgan videomurojaat tarqaldi.
Jahongir Otajonovga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi
2021-yil 26-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudya Temurjon Yusupov raisligida Jahongir Otajonovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqilgan.
Jahongir Otajonov sudga berildi
J.Otajonovning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi («Haqorat qilish»)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar 23.07.2021 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi.
Jahongir Otajonov fikridan qaytdi
Yil boshida san’atdan ketishini va O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirgani haqida e’lon qilgan taniqli estrada xonandasi Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini e’lon qildi.
IIBB Jahongir Otajonovning «nomaqbul chiqishlari»ga javob qaytardi
Sobiq xonanda Jahongir Otajonovning ichki ishlar xodimlari bo‘yicha navbatdagi videochiqishi keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda Otajonov mashinasini bir necha kundan beri ololmayotganini aytib o‘tgan.
Jahongir Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi (video)
San’atni butunlay tark etganini ma’lum qilgan Jahongir Otajonov o‘zining navbatdagi murojaatida navbatdagi O‘zbekiston prezidenti sayloviga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanini bildirdi.
Savob ish yaxshi, ammo...
Savob ish qilish — xayrli yumush. Jahongir Otajonov Farg‘onada xayriya karvoni uyushtiribdi. Kam ta’minlangan, iqtisodiy ko‘makka muhtojlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak berilishi maqtagulik.
Жаҳонгир Отажонов санъатни бутунлай тарк этганини маълум қилди
Қўшиқчи Жаҳонгир Отажонов видеомурожаат йўллаб, қўшиқчилик касбини бутунлай тарк этганини маълум қилди.
Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi qaytarildi
Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni «O‘zbekkonsert»da bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov ma’lum qilgan.
«O‘zbekkonsert»ning litsenziyasini olib qo‘yish payti kelgandir?»
Ekspert «O‘zbekkonsert» san’atkor Jahongir Otajonovni «ma’naviyatsizligi» uchun litsenziyadan mahrum qilganiga o‘z munosabatini bildirgan.
Komil Allamjonov: «Jahongir Otajonovni yaxshi ko‘rib tinglash uchun shaxsan bizga litsenziya kerak emas»
Bugun, 14-oktyabr kuni xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatilgani haqida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rasmiy bayonot bilan chiqqandi.
Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatildi
Xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.
«O‘zbekkonsert»: Jahongir Otajonov 3 kun muddat ichida 76,6 mln. so‘m to‘lashi kerak
«O‘zbekkonsert» xonandalar — Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonovlar o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatni xonanda Abdulla Qurbonovning safardan qaytishi bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqishini bildirgan.
«Madaniyatni bilgan odam...» Ahmoqona tomosha tugadimi?
Islom dinidagi beshta farzdan biri har yili bir oy ro‘za tutishdir. Dinimizda ro‘zadorning odoblari aniq-tiniq belgilab berilgan. Ya’ni, kim ro‘za tutib, Allohning ibodatini amalga oshirsa, u o‘zini boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun ham odobli, bosiq va xushmuomala tutishi lozim.