Tog‘lar bag‘ridagi marvarid. Tojikistonning biz bilmagan sirlari (foto)
Kutubxonadagi kitoblarni ko‘rar ekanman, muqaddas Qur’onning 1,6 grammlik nusxalaridan biriga ko‘zim tushdi. Uzunligi 1,8 sm, eni 1,2 sm bo‘lgan dunyodagi eng kichik ushbu nusxa 292 betdan iborat. Uning har birida 12 qatordan matn joylashgan. Ushbu noyob kitobni ko‘rib, beixtiyor «Inson qo‘li — gul» degan ibora yodimga keldi.