haq so‘z uchun kesilgan boshlar. Pirimqul Qodirovning matbuotda e’lon qilinmagan intervyusi
1930-yili – ikki yoshga yetganimda otamiz ketma-ket to‘rt o‘g‘il ko‘rgani xursandchiligiga bir hafta ko‘pkarili to‘y beradi, to‘qson pud guruchdan osh damlatadi. Dabdabali to‘y sababli otam besh yilga surgun bo‘ladi, onam jo‘jabirdek to‘rt bolasi bilan qishloqdan badarg‘a etiladi.