Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi raqamli O‘zbekiston: Toshkentda M360 Eurasia 2025 sammiti qanday yakunlandi

02/06, 10:45

22 may kuni Toshkentda GSMA tashkilotining M360 Eurasia 2025 sammiti muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. Bu sammit Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazildi. O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Beeline Uzbekistan va VEON Group tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu muhim tadbir butun Yevroosiyo bo‘ylab global mobil aloqa va texnologiya sohalarining nufuzli rahbarlari, siyosatchilar, investorlar hamda soha mutaxassislarini bir joyga to‘pladi.

Kun tartibida: xalqaro hamkorlik  va raqamli xavfsizlik

21/05, 10:43

2025-yil 20-may kuni GSMA M360 Eurasia xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida axborot xavfsizligi va raqamli transformatsiya masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda davlat regulyatorlari, aloqa operatorlari, xalqaro tashkilotlar va texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Mobil internet yanada tezroq: Beeline Uzbekistan aloqa sifatini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etmoqda

19/05, 15:00

VEON Group tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan mamlakat bo‘ylab tarmoqni faol rivojlantirishda va mobil aloqa sifatini yaxshilashda davom etmoqda. Kompaniya ilg‘or Triple Band Massive MIMO 32T32R uskunasini qo‘llagan holda pilot loyihani ishga tushirdi va 2025 yil boshidan amalga oshirilgan tarmoq modernizatsiyasi yakunlarini e’lon qildi.