
«Namangancha marafon» yoxud bemorning yugurgani qayergacha?
Bemor nima uchun shifoxonaga boradi, albatta, dardiga davo istab. Norin tumanining Xo‘jaobod mahallasi Obihayot ko‘chasi 16-uyda yashovchi Go‘zalxon Azizova qishloq vrachlik punktiga otlanganida boshida bu yerga bo‘zchining mokisidek qatnash azobi borligini bilmagan edi.