
Shveysariyaning yetakchi kompaniyasi «Eco-Expo Central Asia 2025»da o‘z texnologiyalarini taqdim etadi
19–21 iyun kunlari Toshkentdagi «Central Asian Expo» ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor «Eco-Expo Central Asia 2025» ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa 25 dan ortiq davlatdan eksponentlar ishtirok etadi.

GEF’ning VIII Assambleyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Global ekologik fond (GEF) kengashining 69-yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarali natijalari dunyoning yetakchi donor davlatlari e’tiboriga taqdim etildi.

O‘zbekistonda IUCN’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi ochildi
2 iyun kuni Toshkentda, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida («Green University») Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (IUCN) Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi ofisining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida joriy yilning 28-31 may kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan «Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi tashkil qilinmoqda.

«Deshon qal’a» xalqqa qaytarilmoqda
O‘zbekiston qadim tarixdan guvohlik beruvchi noyob obidalarga boy. Xorazm viloyatidagi «Ichan» va «Deshon» qal’alar ana shunday maskanlardan hisoblanadi.

Ekologik ekspertiza qanday ahamiyatga ega?
Ekologik ekspertiza rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa faoliyat turining ekologik talablarga muvofiqligini belgilash, uni amalga oshirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashdir.

Ekologiyaga oid innovatsion startaplarni yo‘llang!
Sizda tabiatni asrash, qayta tiklanadigan energiya, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini tejash yoki havo sifatini yaxshilash borasida innovatsion g‘oyalar bormi? Unday bo‘lsa, eng yaxshi ekologik startaplar tanlovida ishtirok eting va Markaziy Osiyoda ilk marta o‘tkazilayotgan EcoExpo 2025 ko‘rgazmasida qatnashish imkonini qo‘lga kiriting!

Ekoturizm nima? Tabiatdan foydalanuvchi emas, uning ajralmas bo‘lagi bo‘ling
Yurtimizda turizmning boshqa sohalari kabi ekoturizm ham rivojlanmoqda. O‘zbekistonning go‘zal, betakror go‘shalari, ulug‘vor tog‘lariyu maftunkor manzaralari, flora va fauna dunyosi sayyohlarni tobora o‘ziga jalb qilmoqda.

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 noyabrdagi «Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 199-son Farmonida o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilangan.

Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
19–21 iyun kunlari O‘zbekiston poytaxti yashil innovatsiyalar markaziga aylanadi: Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor «Eco Expo Central Asia 2025» ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu shunchaki ko‘rgazma emas – barqaror kelajak yo‘lida global ekologik hamjamiyat, sanoat, davlat va xususiy tuzilmalarni birlashtiradigan harakatdir.

O‘zbekistonda 1500 yillik daraxt borligini bilarmidingiz? Yana 9 ta noyob daraxt xalqaro ro‘yxatga kiritildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan yana 9 ta noyob daraxtning nomzodnomalari tayyorlandi va ular «MonumentalTress.com» xalqaro ro‘yxatiga nomzod etib kiritildi.

Qoraqalpog‘istonda ekologik va turizm madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir boshlandi
Ayni damda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Orol turizmi» xalqaro haftaligi doirasida «Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari» xalqaro konferensiyasi boshlandi. Konferensiyada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Bosh prokuratura

Xarobadan yashil bog‘gacha: Birinchi jamoat yashil parki aholining sevimli maskanlaridan biriga aylanadi
Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi park hududi 2020 yilgacha tashlandiq holatda bo‘lgan. Hozirda esa 1200 dan ortiq daraxt va 23 ming tup butalar ekilib, 7,5 gektar maydonda yashil bog‘ barpo etilmoqda.

Uch tomonlama sayyora inqirozi – Samarqanddagi forumda muhim masala muhokama qilindi
Samarqand iqlim forumi doirasida «Markaziy Osiyo uch tomonlama sayyora inqirozi qarshisida» mavzusidagi panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston hukumati va Jahon banki o‘rmonlar hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash loyihasini amalga oshiradi
Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi Jahon banki bilan birgalikda «O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash» loyihasi boshlanganini e’lon qildi.

Koreya bilan atrof-muhitni muhofaza qilish tizimi bo‘yicha memorandum imzolandi
Ayni damda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida amaliy tashrif bilan (24—29 mart) bo‘lib turibdi.

Qum va shag‘alning noqonuniy qazib olinishi to‘xtatildi
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Narpay tumanidagi xususiy korxona faoliyati tekshirildi.

O‘zbekistonda Samarqand xalqaro iqlim forumi bo‘lib o‘tadi
2025 yilning 4–5 aprel kunlari «Silk Road Samarkand» kongress markazida birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda jahon yetakchilari, siyosatchilar, ekspertlar va faollar Markaziy Osiyo va dunyo duch kelayotgan dolzarb iqlim muammolarini muhokama qilishadi.

Toshkentda 1000 dan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilishining oldi olindi
15 mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar IIB, Milliy gvardiya va shahar Ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda qo‘shma nazorat tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizdagi turli daryolar va suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2024 yil 9 fevraldagi 80-sonli qaroriga muvofiq