Arpa ekib, bug‘doy kutmang!
Kun bo‘yi xayolingizni band etgan ro‘zg‘or tashvishlari, tirikchilik urinishlari sababmi, farzandingiz ko‘zida chaqnab turgan ishtiyoq olovini sezmaysiz. Ota-onasini turfa savollarga ko‘mib tashlagan, ammo birorta ham jo‘yali javob ololmagan kichkina donishmandning ko‘zlarida yonib turgan uchqun asta-sekin so‘nayotganiga ham e’tibor qilmaysiz.
Uch dona gul va baxtli ayol
Ishonmasangiz bugun, ertaga ana shunday mahallangizdagi, yon atrofingizdagi oddiy, hech qayerda ishlamagani uchun unut bo‘lgan birorta ayolga loaqal uch dona gul uzating — bu e’tibordan ko‘zida yosh aylanganini, o‘zini boshqacha, juda boshqacha his qilganini anglaysiz...