Ilk marta qandli diabet bilan xastalangan bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi
Markazda o‘tkazilgan navbatdagi buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘zining murakkabligi va shifokorlardan nihoyatda katta mas’uliyat talab qilishi bilan ajralib turdi. Gap shundagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanilik Bekbergan Qo‘chqorov buyrak yetishmovchiligi bilan birga, qandli diabet xastaligidan ham aziyat chekayotgan edi.