«Beshariq dehqon bozori» rekonstruksiyasi: kimga aza, kimga maz-za?
Yaqin-yaqingacha aksariyat tuman hokimlari lavozimga tayinlanishi hamono ishni bozordan boshlar edi: yo bozorqo‘mni almashtirar, yo bozorning u joy-bu joyiga «tuzatish kiritar», epini qilsa, buzib boshqatdan qurar edi. Bu jarayonda kimlarning «taxti» qulab, kimlarning «baxti» ochilmasdi deysiz?! Ozmuncha bozorlar buzib-qurildimi?