Dehqon yana kuyib qolmoqda
Dehqonlar piyozning ulgurji – dala boshidagi narxi hozir 300 so‘mligini aytib berishdi. Bu esa dehqon piyozni yetishtirishga sarflagan xarajatining yarmi tugul uchdan birini ham ololmaydi degani. Shuning uchun mahsulotni yerdan qazib olish xarajatini ko‘tarolmagan dehqon uni hatto yerda qoldirishga majbur bo‘ladi.