
Vodiy afsonaga aylanadi — Prezident nom qo‘ygan istirohat bog‘i haqida
Namangan shahridagi tashlandiq holatda yotgan 155 gektar maydonda madaniyat va istirohat bog‘i ochish g‘oyasi ikki yil muqaddam, Shavkat Mirziyoyevning tashrifi vaqtida paydo bo‘lgan edi. Nom ham Prezident tomonidan taklif etildi — «Afsonalar vodiysi».