Toshkentda advokat bankni sudga berib, yutib chiqdi
Advokat murojaati asosidagi ishni ko‘rib chiqqan Toshkent shahar Sergeli tuman ma’muriy sudi bank mansabdor shaxsi tomonidan advokat huquqlarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan deb topdi va huquqbuzarga nisbatan tegishli jazo chorasi belgiladi.