Zoirov birinchi raundda, Abduraimov esa to‘rtinchisida raqibini nokautga uchratdi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan bir necha vakillarimiz kecha dunyoning qator mamlakatlarida o‘zlarining navbatdagi jangini o‘tkazishdi.
Minglab muxlislar ko‘z o‘ngida kechgan bahslarda hamyurtlarimizning qo‘li baland keldi. Jumladan, kecha Elnur Abduraimov o‘zining beshinchi, Shahobiddin Zoirov va Xurshid Tojiboyev o‘zining ikkinchi jangida g‘alabani tantana qildi. Xususan, Elnur Abduraimov Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks kechasida tanzaniyalik Issa Nampepechega qarshi ringga ko‘tarilib, to‘rtinchi raundda raqibini nokautga uchratdi. Shahobiddin Zoirov esa Daniyaning Orxus shahrida Mishike Shubitidzega qarshi jang o‘tkazdi va birinchi raunddayoq raqibini ringga qulatdi.
Orxus, Daniya
Xurshid Tojiboyev – Irakli Shariashvili (ochkolar bo‘yicha)
Shahobiddin Zoirov – Mishiki Shubitidze (1-raundda nokaut)
Yekaterinburg, Rossiya
Ravshan Umurzoqov – Entoni Moloysan (JAR) (ochkolar bo‘yicha)
Elnur Abduraimov – Issa Nampepeche (Tanzaniya) (4-raundda nokaut)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter