Yurgen Klopp kutilmagan bayonot berdi
Yurgen Klopp mavsum oxirida «Liverpul»ni tark etadi. Bu haqda murabbiy jamoa muxlislariga maxsus murojaatida ma’lum qildi.
Nemis mutaxassisi bu qarorini «energiyasi tugab borayotgani» bilan izohladi. U bilan birgalikda murabbiylar shtabi ham klubni tark etishadi.
Yurgen Kloppning ketishini «Liverpul» klubi ham rasman tasdiqladi.
Germaniyalik mutaxassis 2015 yildan beri «Liverpul»ni boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida jamoa 2019 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, 2020 yilda esa Angliya chempioniga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter