Yurgen Klopp YeChL finalida g‘alaba qozonish uchun nima kerakligini aytdi
Yevropa Chempionlar ligasining final o‘yinida g‘alaba qozonish uchun «Liverpul» o‘z futbolini o‘ynashi kerak. Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp shunday fikrda.
Kloppning aytishicha, «Liverpul» va uning londonlik raqibi — «Tottenhem» bir-birini juda yaxshi biladi, shu jihatni hisobga olmaganda bu yilgi finalning o‘tgan yilgi «Real»ga qarshi finaldan farqi yo‘q.
Nemis mutaxassisining aytishicha, har qanday finalda raqibning kuchli va kuchsiz jihatlarini bilish zarar qilmaydi. Oson o‘yinlar bo‘lmaydi, ayniqsa, Chempionlar ligasida, jamoa har o‘yinda oldingilarida olingan tajribalariga suyandi.
«Finalda biz «Liverpul» futbolini o‘ynashimiz kerak. Rejamiz shu, ammo bu oson bo‘lmaydi», — dedi Klopp. Uning qo‘shimcha qilishicha, «Liverpul» hamda «Tottenhem» eng yaxshi formada payti ularga qarshi o‘ynash oson emas.
Eslatib o‘tamiz, Madridda 1-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida Angliya Premer-ligasining ikki vakili «Liverpul» va «Tottenhem» to‘qnashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter