Yosh bokschilarimiz jahon chempionatidan 11 medal bilan qaytishdi
Armaniston poytaxti Yerevan shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Armanistondan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.
So‘nggi kun dasturida o‘tkazilgan finallarda ringga ko‘tarilgan 3 ta bokschimiz ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
Oltin medal:
-57 kg: Sevara Mamatova
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova
-60 kg: Feruzjon Sa’dullayev
+80 kg: Islom Salihov
Kumush medal:
-46 kg: Maftuna Musurmonova
-75 kg: Maftuna Yangiyeva
-63 kg: Hikmatillo O‘lmasov
Bronza medal:
-46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-66 kg: Akbar Ahmadov
-50 kg: Husan Qahhorov
-70 kg: Norbek Abdullayev
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter