Yomg‘ir ostidagi marafon. Toshkentda xalqaro musobaqa yakuniga yetdi
V Toshkent xalqaro marafoni o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqada 34 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g‘oliblik uchun kurashdi. Unda minglab sportchilar 3 km, 10 km, yarim marafon va marafon yo‘nalishlarida bahs olib borishdi.
Kutilganidek, musobaqaga Keniyada tayyorgarlik ko‘rgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov yarim marafon dasturida mamlakat rekordi bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Ahamiyatlisi, bir vaqtning o‘zida respublikaning barcha hududlarida «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi ham o‘tkazildi.
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter