«Yil jangi»da sensatsion natija qayd etildi
Londondagi «Tottenhem Hotspur» stadionida Toshkent vaqti bilan 25 sentyabrdan 26 sentyabrga o‘tar kechasi katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangida super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-2, 22 KO) va Oleksandr Usik (19-0, 13 KO) o‘zaro to‘qnash keldi.
Jangning katta qismi ukrainalik bokschi ustunligida kechdi. 12-raund oxirida Usik raqibiga zarbalar seriyasini yog‘dirdi va Joshuani nokautdan bong qutqarib qoldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Usikning g‘alabasini qayd etdi — 117-112, 116-112, 115-113.
Shu tariqa Oleksandr Usik og‘ir vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter