Yaponiyada yo‘qolib qolgan afrikalik sportchining xati topildi
Yaponiyada yo‘qolib qolgan ugandalik og‘ir atletikachi Julius Ssekitoleko qoldirgan xat topildi. «Kyodo» xabar berishicha, sportchi Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun Uganda delegatsiyasi tarkibida kelgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, afrikalik sportchi ugandaliklar delegatsiyasi joylashgan Idzumisano shahridan 200 kilometr masofada joylashgan Nagoya shahriga tezyurar poyezdda jo‘nab ketgan.
Sportchi qoldirgan xatida «u yerda hayot og‘irligi uchun» vataniga qaytishni istamasligini bildirgan. U o‘z mamlakati delegatsiyasi a’zolaridan shaxsiy narsalarini Ugandada qolgan xotiniga berib qo‘yishni iltimos qilgan.
«Men Yaponiyada ishlamoqchiman», — deyiladi xatda.
Eslatib o‘tamiz, Tokiodagi Olimpiada-2020 shu yilning 23-iyulida boshlanib, 8-avgust kuni nihoyasiga yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter