Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari Qatar-2022ga yo‘llanma oldi

Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari Qatar-2022ga yo‘llanma oldi

Foto: «Assosiated Press»

Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari Qatarda 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati finaliga yo‘llanma oldi. Har ikki terma jamoa saralashdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Yaponiya bugun, 24-mart kuni Sidneyda Avstraliya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 21 ochko bilan «B» guruhi peshqadamligini qo‘lga kiritdi.

So‘nggi tur oldidan 15 ochkoga ega Avstraliya (3-o‘rin) 19 ochkoli Saudiya Arabistoni (2-o‘rin)ga yeta olmaydi — yaponlardan saudiyaliklarga ajoyib hadya!

Dastlabki ikki o‘rin egalari 2022-yilgi mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Xitoy – Saudiya Arabistoni o‘yini boshlanadi.

Qatardagi JCh 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabrigacha bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring