Yaponiya Olimpiadani bekor qilishi mumkin — OAV
Yaponiya, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, Tokio olimpiadasini o‘z vaqtida o‘tkazishi haqida xabar bergandik. Biroq bugun tarqalgan xabarda mamlakat hukumati ushbu Olimpiadani bekor qilishi mumkinligi aytiladi.
Tokioda Olimpiya o‘yinlari 2020-yil yozida o‘tkazilishi kerak edi, biroq pandemiya sababli 2021-yil yoziga ko‘chirilgan.
Xususan, «Times» gazetasi yozishicha, Tokio obro‘ni to‘kmagan holda qanday qilib Olimpiadani bekor qilish imkoniyatlarini qidirmoqda, hozircha birinchi bo‘lib buni aytadigan mard topilmayapti.
Bir amallab bu yilgi Olimpiadadan qutulib olsa, Yaponiya 2032-yili Yozgi olimpiadani qabul qilishga urinib ko‘radi. Bu hali tashkilotchisi aniqlanmagan eng yaqin «Olimpiada yili».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter