Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Olimpiadada davlat rahbarlariga hamrohlik qiluvchilar sonini chekladi

Yaponiya Olimpiadada davlat rahbarlariga hamrohlik qiluvchilar sonini chekladi

Yaponiya hukumati 2021-yilga mo‘ljallangan Tokio Yozgi Olimpiya o‘yinlariga xorijiy davlatlar rahbarlari va rasmiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga tashrif buyuruvchilar sonini cheklashga chaqirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy davlatlar rahbarlari delegatsiyasi a’zolari soni cheklangan bo‘ladi, ular 11 kishidan oshmasligi kerak. Shu bilan birga, vazirlar Olimpiya o‘yinlariga o‘zlari bilan to‘rt kishidan ko‘p bo‘lmagan odamni olib kelishlari mumkin.

Biroq bu Olimpiada mezbon mamlakati tomonidan rejalashtirilgan barcha cheklovlar emas. Agentlikning ta’kidlashicha, chet el rahbarlari Yaponiyaga tashrifidan 72 soat oldin COVID-19 sinovidan o‘tishlari, so‘ngra Olimpiada o‘tkaziladigan mamlakatga kelgandan so‘ng qayta test topshirishlari zarur.

«Biz himoya niqobini taqish, shuningdek, muntazam ravishda qo‘l yuvishni ta’kidlaymiz.  Bundan tashqari, agentlikka ko‘ra, delegatsiya guruhi a’zolariga, shuningdek, sportchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi taqiqlanishi mumkin. Ularning barchasi faqatgina maxsus ajratilgan transport vositalarida harakatlanishi mumkin bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumki, chet el rahbarlari uchun delegatsiya guruhi a’zolari sonini qisqartirish to‘g‘risida so‘rov allaqachon chet el elchixonalari va milliy olimpiya qo‘mitalari vakillariga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring