Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Olimpiada-2020ni o‘z vaqtida o‘tkazadi

Yaponiya Olimpiada-2020ni o‘z vaqtida o‘tkazadi

Foto: «Global Look Press»

Yaponiya, koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, Olimpiada-2020ni belgilangan muddatida o‘tkazadi. Bu haqda «Gazeta.ru» Yaponiya hukumati bosh kotibi Katsunobu Katoga asoslanib xabar berdi.

«Olimpiada o‘tkazilishiga mas’ul insonlar, uning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun hamjihatlikda mehnat qilishyapti. Hukumat ularni qo‘llash uchun barcha choralarni ko‘radi», — Katodan iqtibos keltirdi «France24.com».

Eslatib o‘tamiz, Tokioda Olimpiya o‘yinlari 2020-yil yozida o‘tkazilishi kerak edi, biroq pandemiya sababli bir yilga kechiktirildi. 2021-yilda o‘tkazilsa ham «Tokio-2020» nomi saqlab qolinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring