Bokschilarimiz Osiyo chempionatida yana tengsiz bo‘lishdi
Bugun Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Musobaqaning jami o‘nta oltin medallar jamlanmasidan oltitasi terma jamoamizga nasib etdi.
Natijalar bilan tanishing:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Daniyal Sabit (Qozoqiston) – 5:0
-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Amit (Hindiston) – 3:2
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Xarxu Enx-Amar (Mongoliya) – 2:3
-69 kg: Bobousmon Boturov - Ablayhan Jusupov (Qozog‘iston) – qozog‘istonlik bokschi jarohat sabab jangni davom ettira olmadi.
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston) – 4:1
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov - Mayssam Gashlag (Eron) – 3:2
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Kunkabayev (Qozog‘iston) – 5:0
Jami 6ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza bilan O‘zbekiston termasi Osiyoda tengsizligini yana bir bor isbotladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter