Yana bir hamyurtimiz Osiyo chempioni bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
74 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Jasur Jaysunov finalda eronlik Mirxashem Hussaynini mag‘lub etdi va Osiyo chempioni bo‘ldi.
Jaysunov ilk bosqichda pokistonlik Iqbol Muhammadni taslim qilgandi-2:0. Chorak finalda hamyurtimiz Chen Jun Veiga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi-2:0.
Yarim finalda Jaysunov pokistonlik Ahmad Baxlulni 2:0 hisobida mag‘lub etib finalga chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ulug‘bek Rashitov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter