Yana bir doping mojarosi
Britaniyalik velopoygachi Kristofer Frumning qonidagi salbutamol me’yordan ikki barobar ko‘pligi aniqlandi. Velopoygachi shu yilning 7 sentabr kuni «Vuelta — 2017» musobaqasida doping tekshiruvidan o‘tgan edi. Xalqaro velopoygachilar uyushmasi ushbu holat bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. Sportchining o‘zi buni inkor etmoqda.
«Menda astma kasalligi borligini barcha biladi. Shuning uchun turli dorilar qabul qilaman. Ammo me’yorni yaxshi bilaman. Men yetakchilik mavqeimni saqlab qolish uchun jiddiy kurashaman», — deydi Frum.
Kristofer Frum tugallanayotgan yilda ikki yirik turnir — «Tur de Frans» va «Vuelta»da birinchi o‘rinni egalladi. Agarda Frum salbutamol me’yordan ortiq emasligini isbotlay olmasa, uyushma undan kamida «Vuelta» g‘olibligi unvonidan mahrum etadi. Bundan avval norvegiyalik chang‘isi «Tur de Ski» musobaqasi g‘olibi Martin Yonsrud Sundbyuda salbutamol ko‘pligi uchun diskvalifikatsiya qilingan edi.
Salbutamol haqida
Salbutamol-bronxial astma, surunkali o‘pka va surunkali bronxit kasalliklarini bartaraf etish uchun ichga qabul qilinuvchi dori vositasidir. Bugunjahon antidoping agentligi ushbu dorini kuniga 1600 mgdan oshmagan holda ichishga ruxsat bergan. Agarda sportchi uni ko‘p miqdorda qabul qilsa, bu antidoping qoidalari buzilishini bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter