Yana bir bokschimiz Olimpiadaga yo‘llanma oldi
Iordaniyada boks bo‘yicha Tokio-2020 litsenzion turnirining kechki dasturi davom etmoqda. Biroz avval hamyurtimiz Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg) chorak final jangini o‘tkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Mirzahalilov yarim final yo‘lida gongkonglik Sing Yu Soni mag‘lub etishni uddaladi. Ushbu g‘alaba yurtdoshimizga Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasini ham taqdim qildi. Ta’kidlash joiz, bu delegatsiyamizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yigirmanchi yo‘llanmasi bo‘ldi.
Afsuski, kechki dastur doirasida ringga ko‘tarilgan qizlarimiz Tursunoy Rahimova(-51 kg) va Rayhona Qodirova (-60 kg) imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Biroq Rahimovaning vazn toifasida 6 ta yo‘llanma o‘ynalishi uning litsenziya uchun kurashish imkoniyati mavjudligini anglatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter