Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi dastlabki mashg‘ulot. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga hozirlanmoqda

Xitoydagi dastlabki mashg‘ulot. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga hozirlanmoqda

Foto: «O‘FF matbuot xizmati»

O‘zbekiston Olimpiya termasi Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichi bahslari oldidan ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi, deb xabar berdi O‘FF matbuot xizmati.

Xitoyning Changjou shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlangan mashg‘ulotlarda asosan chigalyozdi hamda chiniqish mashqlariga bajargan. Shuningdek, terma jamoa mashg‘ulotlar paytida to‘p bilan ishlash, jismoniy mashqlarga ham e’tibor berdi. Havo harorati biroz sovuq bo‘lishiga qaramay, mashg‘ulotlar samarali kechgan.

Foto: «O‘FF matbuot xizmati»

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi OFK tomonidan tasdiqlangan jadval asosida, ertaga Changjoudagi stadionda rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazadi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi terma jamoa, shuningdek, trenajer zalida ham shug‘ullanmoqda.

8 yanvar kuni terma jamoa vakillari ishtirokida turnir oldidan miting hamda terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi «A» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, vakillarimiz guruh uchrashuvlarini quyidagi taqvim asosida o‘tkazishadi:

9-yanvar, soat 16:30. Qatar – O‘zbekiston

12-yanvar, soat 13:00 O‘zbekiston – Xitoy

15-yanvar, soat 13:00. Ummon – O‘zbekiston

O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring