Vladimir Klichko yonayotgan yaxtadan qutqarildi
Ukrainalik sobiq bokschi Vladimir Klichko Ispaniyada yonayotgan yaxtadan qutqarib olindi.
Xabar qilinishicha, yong‘in boshlangan vaqtda yaxta Ibitsadan Malorka tomon suzayotgan bo‘lgan. Klichko bilan birga yaqinlari va do‘stlari bo‘lgan. Ularning barchasi Ispaniya qirg‘oq xavfsizligi xizmati tomonidan qutqarib olindi.
Xabar qilinishicha, yong‘in motor qismidan kelib chiqqan. Klichkoning ta’kidlashicha, xavfsizlik xizmatining sharofati bilan barchasi yaxshilik bilan tugagan.
Klichko — og‘ir vaznda jahonning sobiq mutlaq chempioni, u 14 marta chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Oxirgi marta 2017 yilning aprelida ringga ko‘tarilgan va britaniyalik Entoni Joshuaga imkoniyatni boy bergan. Shundan so‘ng sportdan ketishini e’lon qilgan edi.
Vladimir Klichko professional boksda umumiy hisobda 64 ta g‘alabaga erishib, 5 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter