Vagiz Galiulin to‘p surayotgan jamoa tugatilishi mumkin
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin to‘p surayotgan Rossiyaning «Tosno» klubining rasmiy sayti o‘z ish faoliyatini yakunladi. Bu haqda «Sports.uz» xabar berdi.
Xabar qilinishicha, bugun klub rasmiy saytida «sayt yopildi, chiptalar sotuvi ham to‘xtatildi», – degan yozuv paydo bo‘lgan.
Qayd etish joiz, «Tosno» uzoq vaqtdan buyon moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolib kelmoqda. Jamoa yangi mavsum Rossiya birinchi divizioni (MFL)da ishtirok etish uchun litsenziya ololmagan.
Jamoaning ikkinchi divizion (PFL)da ishtirok etishi ham so‘roq ostida qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter