Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekcha derbi»da Hamdamov debyut qildi, Galiulin 90 daqiqa o‘ynadi

«O‘zbekcha derbi»da Hamdamov debyut qildi, Galiulin 90 daqiqa o‘ynadi

Foto: «Anji» FK

Futbol bo‘yicha Rossiya premer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan «Anji» – «Tosno» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ikki jamoa tarkibida hamyurtlarimiz – Doston Hamdamov va Vagiz Galiulin to‘p surdi. Bu Doston uchun «Anji» safidagi ilk rasmiy o‘yin bo‘lsa, Vagiz o‘z jamoasi «Tosno»ning asosiy tarkib o‘yinchilaridan biri ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. Uchrashuvda Galiulin to‘liq o‘ynagan bo‘lsa, Hamdamov 71-daqiqada zaxiraga olindi.

«Anji»ning ruminiyalik legioneri Paul Anton 17- va 43-daqiqalarda kiritgan gollar uchrashuv taqdirini hal qildi.

Eslatib o‘tamiz,  Hamdamovning «Anji»ga o‘tishi matbuotda shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Avvaliga Doston «Bunyodkor» rahbariyatining roziligisiz Rossiya klubi ixtiyoriga ketgani haqida xabar chiqdi. Keyinchalik Dostonning otasi «Anji» bilan tuzilgan 1,5 yillik shartnoma haqida gapirdi. Nihoyat 15 mart kuni futbolchimiz «Anji»ning Rossiya chempionatidagi o‘yini qaydnomasidan o‘rin oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring